Tarbion โ matematika va ingliz tiliga ixtisoslashgan, tarbiyaga asoslangan zamonaviy xususiy maktab. Farzandingiz kun bo'yi nazoratda, siz esa har bir qadamidan telefoningiz orqali xabardorsiz.
Farzandingiz shunchaki darsga kelib-ketmaydi: u fikrlaydi, muloqot qiladi va tarbiya topadi.
Haftasiga 10 soat: 5 soat asosiy va 5 soat chuqurlashtirilgan dars. Oyiga 2 marta offlayn KHISO olimpiadasi.
10 soat / haftaKoreyaning 26 yillik tajribali English Hunt dasturi asosida, planshetlarda. IELTS 7.5 darajali ustozlar.
4โ6 soat / haftaOdob, milliy qadriyatlar va maktab psixologi bilan treninglar. Bilim bilan birga xarakter ham shakllanadi.
Tarbiya + psixologRobototexnika, shaxmat, erkin kurash va gimnastika. Musobaqalarda qatnashish imkoniyati.
4 yo'nalishFace ID kirish-chiqish nazorati, elektron doska, konditsioner, qulay partalar. Bir sinfda atigi 20 nafar.
08:00 โ 17:00Bosh oshpazimiz mahsulot sifati va tozalikni birinchi o'ringa qo'yadi. Ota-ona menyuni kabinetda ko'radi.
Nonushta ยท tushlik ยท poldnikMaktabning o'z ilovasi: telefonga o'rnatiladi, internet sekin bo'lsa ham ochiladi. Har bir ota-ona va o'quvchining o'z login-paroli bor.
Farzand maktabga kirishi va chiqishi bilan ota-onaga Telegram yoki SMS xabar boradi.
Kichik sinflar ota-ona telefonida, 3โ4 sinflar o'z login-paroli bilan vazifa bajaradi.
Har bir baho, oylik nazorat imtihoni va olimpiada natijasi bir joyda.
Vazifani javobini aytmay, bosqichma-bosqich tushuntiradi. Ota-ona nazorat qiladi.
Ertalabdan kechgacha farzandingiz ustozlar nazoratida โ har bir muhim lahza haqida sizga xabar boradi.
Oliy toifali, ko'p yillik tajribaga ega ustozlar darslarni milliy qadriyatlar asosida, o'zbek tilida olib boradi.
Marhamatdagi 2โ4 sinf o'quvchilari uchun bepul saralash: 170 dan ortiq ariza, 28 nafar finalchi. G'oliblar Tarbionda grant asosida o'qiydi.
Xalqaro olimpiadalar:
O'g'limda katta o'zgarish sezdim: tartibli, darslariga mas'uliyatli bo'ldi. Ingliz tili, shaxmat va robototexnikaga juda qiziqyapti.
Toshkent, Andijondagi xususiy maktablarga havas qilardim. Endi Marhamatda ham shunday sifatli maktab ochilganidan juda xursandman.
Bir oydan oshdi โ nevaramda tarbiya borasida ham o'sish bor. Sinf rahbari va barcha ustozlarga rahmat.
Har yili o'tkaziladigan saralash imtihonida 80% dan yuqori natija ko'rsatgan o'quvchilar 50% yoki 100% grant bilan o'qiydi. Grant o'qish va ovqatlanish xarajatlarini qoplaydi.
Grant haqida so'rashAriza qoldiring โ administratorimiz siz bilan bog'lanib, maktab bilan tanishtirish uchun qulay vaqtni kelishadi. Sinflarda joylar soni cheklangan.